Oqsoch hikoyasi, Margaret Atvud

yog‘du+
SKU0001
99000,00
UZS
Oqsoch hikoyasi — dunyodagi eng sara beshta antiutopiyalardan biri, shuningdek, kanadalik buyuk va bizga zamondosh yozuvchi Margaret Atvudning asari ekanligi bilan juda ahamiyatli. Qolaversa, asar Kanada adabiyotidan o‘zbek tiliga ilk tarjima hisoblanadi.

Asar tug‘ish mashinasi sifatida koloniyada qamalib, tili-yu savodidan, hatto ismidan mahrum qilingan ayollar qismatini hikoya qiladi. Biroq uni faqat feminizm haqida deyish biroz qiyin — zodagonlarga yuzlab ayollar xizmat qilayotgan bir paytda birorta ayolga uylana olmagan, yoki qanchalik boy bo‘lmasin erki aniq chiziqlarda chizib berilgan erkak personajlar kishini o‘yga toldiradi, chuqurroq o‘ylaganda nimalarnidir eslatib yuboradi ham.

Muallif: Margaret Atvud

Janr: Antiutopiya, Feministik nasr, Drama

Nashr tili: O‘zbekcha

Nashr yili: 2025

Betlar soni: 444

Format: Integral muqova

Yosh chegarasi: 18+